O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti

Veb-sayt test rejimida ishlamoqda

Generic selectors
Faqat aniq mos kelganlari
Sarlavhada izlash
Matnda izlash
Maqolada izlash
Sahifada izlash
Koll-markaz: 1102

Ichki ishlar organlarining tergov bo‘linmalariga
xizmatga qabul qilish

 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 29 noyabrdagi «Ichki ishlar organlari kadrlari bilan ishlash va ularning xizmatini tashkil etish tartibini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi PQ-3413-sonli qaroriga muvofiq, ichki ishlar organlarining tergov bo‘linmalariga xizmatga qabul qilish uchun nomzodlar quyidagi talablarga mos kelishi lozim:

– erkaklar 165 santimetrdan, ayollar 160 santimetrdan past bo‘lmasligi;

– oliy yuridik ma’lumotga ega bo‘lishligi;

– yoshi o‘n sakkizdan kichik va o‘ttizdan katta bo‘lmasligi;

– O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlaridagi muddatli harbiy xizmatni yoki safarbarlik chaqiruvi rezervidagi harbiy xizmatni yoxud oliy o‘quv yurtlarida harbiy tayyorgarlikdan o‘tgan bo‘lishligi;

– shaxsiy va ishchanlik sifatlari, sog‘lig‘ining holati va jismoniy tayyorgarligi bo‘yicha xizmat majburiyatlarini bajarishga qodir bo‘lishligi;

– O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi bo‘lishligi.

Nomzodlar Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Toshkent shahar ichki ishlar bosh boshqarmasi va viloyatlar ichki ishlar boshqarmalari huzuridagi tergov boshqarmalariga murojaat qilishlari mumkin.

O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti